«PSJ» «Leyptsig» vingeri Yan Diomandening kelajagi borasidagi qarorini kutmoqda.
Jurnalist Fabris Xokinsning xabariga ko‘ra, Parij klubi hozircha ivuarlik futbolchini transfer qilish bo‘yicha aniq qadam tashlamagan.
Manbaga ko‘ra, agar Diomande faoliyatini «PSJ»da davom ettirishni afzal ko‘rsa, amaldagi Yevropa Chempionlar ligasi g‘oliblari «Leyptsig» bilan rasmiy muzokaralarni boshlaydi.
Shu vaqtgacha futbolchi yakuniy qarorini qabul qilmagani sababli parijliklar nemis klubiga rasmiy taklif yubormaydi. «Leyptsig» ham ayni paytda futbolchining javobini kutmoqda.
Ta'kidlanishicha, «Liverpul» ham Diomandeni o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda va allaqachon «Leyptsig»ga o‘z takliflarini yuborgan.