«Nyukasl Yunayted» yarimhimoyachi Bruno Gimarayes bilan yangi shartnoma imzolashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
The Sun xabariga ko‘ra, klub braziliyalik futbolchiga 2030 yilgacha mo‘ljallangan yangi bitim taklif qiladi. Unga haftasiga 200 ming funt sterling (taxminan 232 ming yevro) maosh berilishi rejalashtirilgan.
Agar ushbu shartnoma imzolansa, Gimarayes «Nyukasl» tarixidagi eng yuqori maosh oladigan futbolchiga aylanadi.
Manbaga ko‘ra, «qarg‘alar» rahbariyati jamoa sardorini sotishni rejalashtirmayapti va Londonning «Arsenal» klubi qiziqish bildirayotganiga qaramay, uni tarkibda saqlab qolishni maqsad qilgan.