"Nyukasl" yarimhimoyachisi Brunu Gimareaş klub rahbariyatiga shartnomani uzaytirish niyati yo'qligini ma'lum qildi. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "Arsenal" braziliyalik 27 yoshli futbolchini transfer qilish bo'yicha harakatlarni kuchaytirishga qaror qilgan. Londonliklar avval bir necha bor rad javobini olgan bo'lsa-da, endi yana yangi urinish qilishga tayyor.
Futbolchining "qarğalar" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
"To'pchilar" futbolchi uchun taxminan 94 million yevro miqdorida taklif tayyorlamoqda. Biroq "Nyukasl" rahbariyati hozircha o'z talab qilayotgan narxini ochiqlamagan va uning bundan ancha yuqori bo'lishi kerak deb hisoblamoqda.