Tailandning Pattaya shahrida U-15 va U-20 yosh toifalaridagi Osiyo chempionatiga start berildi.
Dastlab musobaqada U-15 yosh toifasida yunon-rum kurashi bahslari bo'lib o'tdi. Unda o'zbekistonlik sportchilar 3 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
🥇 Oltin medal:
-38 kg: Abubakr Qurbonov
-41 kg: Mahmudjon Ahmedov
-44 kg: Bobur Sayfulloyev
🥈 Kumush medal:
-68 kg: Ruslan Ovezmuratov
🥉 Bronza medal:
-48 kg: Mirislom G'ofurov
-52 kg: Abdulaziz Xotamov
-62 kg: Behruz Abdupattoyev
-85 kg: Temur Uralov
O'zbekistonlik yosh yunon-rum kurashchilar U-15 yosh toifasidagi Osiyo chempionatida birinchi bo'lishdi
Boshqa sportlar
28 iyun, 12:20
Pattaya shahrida yoshlar toifasidagi qit'a chempionatiga start berildi.
Foto: United World Wrestling