Kolumbiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Xames Rodriges Portugaliya milliy jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu haqida iliq fikrlarini bildirdi.
«Krishtianu men uchun haqiqiy o‘rnak. Men «Real»ga kelganimda, meni birinchi bo‘lib kutib olgan insonlardan biri aynan u edi. U meni uyiga taklif qildi va biz yaqin do‘st bo‘lib qoldik.
U ajoyib inson va hamma uchun namuna. 41 yoshida qanday jismoniy holatda ekaniga bir qarang», — deya Xames Rodrigesning so'zlarini keltirdi insayder Fabritsio Romano.
Eslatib o'tamiz, K guruhidan joy olgan Kolumbiya va Portugaliya o'zaro o'yinda 0:0 hisobida durang o'ynab, pley-offga yo'l oldi.