37 yoshli sobiq jangchi, UFC shon-shuhrat Zali a’zosi, UFC yengil vazn toifasida chempionlik kamarining sobiq egasi Habib Nurmagomedov futbol bo‘yicha jahon chempionati pley-off bosqichida kutilmagan natija qayd etishga qodir bo‘lgan jamoalarni taxmin qildi.
«Bu yerda [pley-offda], albatta, qiziqroq bo‘ladi. Futbol muxlislari bormi? Yaponiya, Kolumbiya, Senegal, Marokash. Bu jamoalar ko‘pchilikni qattiq hayratga qolishi mumkin», — deb yozdi Nurmagomedov o‘zining telegram-kanalida.
Eslatib o‘tamiz, 1/16 final bosqichida Marokash Niderlandiya bilan, Yaponiya Braziliya bilan, Kolumbiya Gana va Senegal Belgiya milliy jamoasi bilan bahs olib boradi.