«Arsenal» «Aston Villa» yarimhimoyachisi Morgan Rojersni yozgi transfer oynasidagi asosiy nishoniga aylantirdi.
Jurnalist Sebastyen Vidal xabariga ko‘ra, London klubi 23 yoshli futbolchini Mikel Arteta jamoasini kuchaytirish uchun ustuvor nomzod sifatida belgilagan.
Manbaga ko‘ra, «Aston Villa» Rojersni 116 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Avvalroq futbolchining o‘zi ham faoliyatini «Arsenal»da davom ettirish istagida ekani haqida xabarlar tarqalgandi.
O‘tgan mavsum Morgan Rojers barcha musobaqalarda 55 ta bahsda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Ayni paytda u Angliya milliy jamoasi safida JCH-2026da ishtirok etmoqda. Yarimhimoyachi mundialda hozirgacha uchta uchrashuvda maydonga tushgan.