Live
1
O'zbek

Devis: «Kanadaning uchta o‘yinini o‘tkazib yuborish og‘riqli bo‘ldi»

Futbol
28 iyun, 11:59
«Bavariya» himoyachisi jarohat sabab guruh bosqichida jamoasiga yordam bera olmaganidan afsusda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Devis: «Kanadaning uchta o‘yinini o‘tkazib yuborish og‘riqli bo‘ldi»
Foto: Getty Images
28.06.2026, 15:00 Jahon chempionati (JCH-2026) JAR JAR - : - Kanada Kanada

Kanada milliy jamoasi va Myunxenning «Bavariya» klubi himoyachisi Alfonso Devis JCH-2026 guruh bosqichidagi uchta uchrashuvni jarohat sabab o‘tkazib yuborganiga munosabat bildirdi.

«Bu juda og‘riqli bo‘ldi. Sen faqat futbol o‘ynashni xohlaysan, chunki bu men chin dildan sevadigan ish. O‘sha uchta o‘yinni tashqaridan tomosha qilish va maydonga tusha olmasligimni eshitish juda qiyin edi», — dedi Devis FIFA matbuot xizmatiga.

Eslatib o‘tamiz, Alfonso Devis klub mavsumi yakunida son orqa mushagidan jarohat olgani sababli JCH-2026 guruh bosqichida maydonga tusha olmadi.

Kanada B guruhida 3 tur yakuniga ko‘ra ikkinchi o‘rinni egallab, pley-off bosqichiga yo‘l oldi. 1/16 finalda kanadaliklar JAR milliy jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • JAR JAR
  • Kanada Kanada
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar