Live
1
O'zbek

Montella Turkiya milliy jamoasida qoladi

Futbol
28 iyun, 11:11
Jahon chempionatidagi omadsizlikka qaramay, italiyalik mutaxassis o‘z ishini davom ettiradi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Montella Turkiya milliy jamoasida qoladi
Foto: Getty Images

Turkiya bosh murabbiyi italiyalik Vinchenso Montella, jahon chempionati-2026dagi muvaffaqiyatsizlikka qaramay, o‘z lavozimida qoladi.

Eslatib o‘tamiz, guruh bosqichida turklar Avstraliya (0:2) va Paragvayga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (0:1). Oxirgi turda Montella jamoasi mezbon AQSH milliy jamoasini 3:2 hisobida yengdi, ammo mazkur bahsdan avval Turkiya pley-offga chiqa olmasligi aniq bo‘lib ulgurgan edi.

Turkiyaning Takvim nashri xabar berishicha, Turkiya futbol Federatsiyasi murabbiy bilan uchrashuv o‘tkazgan. Tomonlar jamoada o‘zgarishlar amalga oshirilishi borasida kelishib olgan. Birinchidan, murabbiylar shtabiga mentor va zarur bo‘lsa jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha yangi mutaxassislar qo‘shiladi. Ikkinchidan, Montella taktik sxemani o‘zgartirishga va tarkibni shakllantirishda yangi nomlarga yanada ko‘proq e’tibor qaratishga va’da bergan.

Eslatib o‘tamiz, Vinchenso Montella 2023-yil Turkiya milliy jamoasi boshqaruvini o‘z qo‘liga olgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Turkiya Turkiya
Bugungi yangiliklar