Live
1
O'zbek

Eushtakiu Kanada — JAR bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Futbol
28 iyun, 17:24
Kanada yarimhimoyachisi g‘alaba golini urib, uchrashuv qahramoniga aylandi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Eushtakiu Kanada — JAR bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Foto: Getty Images
28.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) JAR JAR 0 : 1 Kanada Kanada

Kanada milliy jamoasi yarimhimoyachisi Stefan Eushtakiu JCH-2026 1/16 finalida JARga qarshi kechgan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti ma'lum qildi.

Eushtakiu uchrashuvning 90+2-daqiqasida yagona golni urib, Kanadaga 1:0 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi.

1/8 final bosqichida kanadaliklar Niderlandiya va Marokash o‘rtasidagi bahs g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi jahon chempioni Argentina hisoblanadi. Argentinaliklar 2022 yilgi mundial finalida Fransiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • JAR JAR
  • Kanada Kanada
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar