Bugun
5
O'zbek

Kanada tarixda ilk bor jahon chempionati nimchorakfinal bosqichiga chiqdi

Futbol
28 iyun, 22:50
Endi jamoa keyingi bosqichda Niderlandiya — Marokash uchrashuvi g'olibi bilan kuch sinashadi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Kanada tarixda ilk bor jahon chempionati nimchorakfinal bosqichiga chiqdi
Foto: Getty Images
28.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) JAR JAR 0 : 1 Kanada Kanada

Kanada milliy jamoasi 2026 yildagi jahon chempionatining 1/8 final bosqichiga yo'l oldi.

Kanadaliklar JAR ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozonib, keyingi bosqich masalasini hal qildi. Uchrashuvdagi yagona golni «Los-Anjeles» yarimhimoyachisi Stiven Eushtakiu 90+2-daqiqada urdi.

Shu tariqa, Kanada milliy jamoasi o'z tarixida ilk bor jahon chempionatining nimchorakfinal bosqichiga chiqishga muvaffaq bo'ldi.

Endi jamoa 4 iyul kunida Niderlandiya — Marokash uchrashuvi g'olibi bilan kuch sinashadi. Ushbu bahs 30 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • JAR JAR
  • Kanada Kanada
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar