Bugun
5
O'zbek

Fransiya — jahon chempioni bo'lish uchun asosiy da'vogar (Polymarket)

Futbol
28 iyun, 22:25
Argentina 2-o'rinda, Portugaliya esa kuchli beshlikka yakun yasagan.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Fransiya — jahon chempioni bo'lish uchun asosiy da'vogar (Polymarket)
Foto: Getty Images

Polymarket statistik portali 2026 yilgi jahon chempionati pley-off bosqichiga yo'l olgan milliy jamoalarning mundialda g'olib chiqish ehtimolini baholadi.

Reytingning 1-pog'onasidan Fransiya milliy jamoasi o'rin oldi. Didye Desham shogirdlarining chempionlik ehtimoli 23 foizga baholangan.

Polymarket talqiniga ko'ra, mundial pley-off bosqichi oldidan bosh sovrin uchun asosiy da'vogarlar:

  • Fransiya — 23%.
  • Argentina — 20%.
  • Ispaniya — 11%.
  • Angliya — 10%.
  • Portugaliya — 6%.
  • Braziliya — 5%.
  • Niderlandiya — 5%.
  • Germaniya — 4%.
  • Kolumbiya — 2%.
  • AQSh — 2%.

Eslatib o'tamiz, 2026 yilgi jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksika yashil maydonlarida o'tkazilmoqda. Turnir finali 19 iyul kuni AQShning Nyu-Jersi shtatida bo'lib o'tadi.

Avvalroq Zlatan Ibrahimovich ham fransiyaliklarni mundialning asosiy favoriti deb atagandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar