The Athletic nashri 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichining eng yaxshi futbolchilari reytingini tuzdi.
E'tiborli jihati, guruh bosqichining eng yaxshi 5 nafar futbolchisidan 3 nafari Fransiya milliy jamoasi vakili hisoblanadi. Shuningdek, kuchli beshlikdan Argentina va Braziliya milliy jamoalarining bittadan futbolchisi o‘rin olgan.
The Athletic talqiniga ko‘ra, 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichining eng yaxshi 5 futbolchisi:
1. Lionel Messi (Argentina milliy jamoasi);
2. Kylian Mbappe (Fransiya milliy jamoasi);
3. Vinisius Junior (Braziliya milliy jamoasi);
4. Usmon Dembele (Fransiya milliy jamoasi);
5. Maykl Olise (Fransiya milliy jamoasi).
Avvalroq Messi WhoScored statistik portali tomonidan 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichining eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.