Yaponiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Xajime Moriyasu 2026 yildagi jahon chempionati 1/16 final bosqichi doirasida Braziliyaga qarshi kechadigan uchrashuv oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Jamoamiz bo'lajak o'yinda bor kuchini ishga soladi. Biz birdammiz va aynan shu tufayli o'zimizni yanada kuchliroq his qilyapmiz.
Raqib ham yuqori motivatsiya bilan maydonga tushadi, chunki braziliyaliklar keyingi bosqichga chiqishni xohlaydi. Lekin bizning ham o'z imkoniyatlarimiz bo'ladi. Keskin va murosasiz bahs kutyapmiz", — dedi mutaxassis matbuot anjumanida.
Ma'lumot o'rnida, Braziliya va Yaponiya milliy jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bugun, 29 iyun kuni bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.
Avvalroq Virjil van Deyk dunyo Yaponiya milliy jamoasini biroz past baholagani haqida gapirib o'tgandi.