Bugun
5
O'zbek

Kubo Braziliyaga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Futbol
29 iyun, 04:40
Futbolchi chap tizzasidan olgan jarohati sabab uchrashuvda ishtirok etmaydi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Kubo Braziliyaga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
Foto: Getty Images
29.06.2026, 13:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Braziliya Braziliya - : - Yaponiya Yaponiya

Yaponiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Hajime Moriyasu futbolchi Takefusa Kubo Braziliyaga qarshi uchrashuvda ishtirok eta olmasligini tasdiqladi.

«Kubo Braziliyaga qarshi bahsda maydonga tushmaydi. U hali jamoaviy mashg'ulotlarga qaytgani yo'q va hozircha faqat yakka tartibda yugurish mashqlarini bajarmoqda.

Uning tezroq tiklanishiga umid qilyapmiz va eng yaxshi jismoniy holatiga qaytishi uchun astoydil ishlayapmiz», — dedi 57 yoshli mutaxassis.

Ma'lumot o'rnida, «Real Sosiedad» yulduzi 15 iyun kuni Niderlandiyaga qarshi guruh bosqichining ilk uchrashuvi (2:2)da assist amalga oshirgan, ammo chap tizzasidan olgan jarohati sabab maydonni tark etishga majbur bo'lgan edi.

Shundan so'ng 25 yoshli futbolchi Tunis va Shvetsiyaga qarshi ketma-ket ikki o'yinni o'tkazib yubordi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
  • Yaponiya Yaponiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar