Fransiya milliy jamoasi futbolchilari Markus Tyuram va N'Golo Kante Shvetsiyaga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi kutilmoqda. Bu haqda L'Équipe nashri xabar berdi.
2026 yilgi jahon chempionati 1/16 final bosqichi doirasida Fransiya milliy jamoasi Shvetsiyaga qarshi maydonga tushadi. Qayd etilishicha, Tyuramning boldir mushagida jarohat aniqlangan. Shuningdek, Kante tizzasidagi muammo tufayli shifokorlar nazoratida qolmoqda.
Ma'lumot o'rnida, Fransiya va Shvetsiya milliy jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 1 iyul kuni bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 02:00 da boshlanadi.
Avvalroq Fransiya jahon chempioni bo'lish uchun asosiy da'vogar ekani ma'lum qilingandi.