Argentina milliy jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni shartnomasini uzaytirishga tayyor. Bu haqda jurnalist Diego Monroig xabar berdi.
48 yoshli mutaxassisning amaldagi mehnat shartnomasi shu yil oxirida yakuniga yetadi. Qayd etilishicha, Argentina futbol assotsiatsiyasi va murabbiy yangi shartnoma bo'yicha og'zaki kelishuvga erishgan. Yangi bitim 2031 yilgacha amal qilishi ko'zda tutilgan.
Ma'lumot o'rnida, Skaloni Argentina milliy jamoasini 2018 yilning avgust oyidan buyon boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida jamoa 2022 yilgi jahon chempionatida g'olib chiqdi, shuningdek, ikki marta Amerika kubogini qo'lga kiritdi.
Eslatib o'tamiz, 4 iyul kuni Argentina milliy jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatining 1/16 final bosqichida Kabo-Verdega qarshi maydonga tushadi.