Janubiy Koreya milliy jamoasining 2026 yilgi jahon chempionati bilan erta xayrlashishi mamlakatda keskin norozilikka sabab bo'ldi.
Mamlakat prezidenti Li Je Myon milliy jamoaning musobaqani erta tark etish sabablari bo'yicha rasmiy tergov o'tkazishni talab qildi hamda iste'foga chiqqan bosh murabbiy Xon Myon Boni keskin tanqid qildi.
«Men bu kutilmagan natijadan shunchaki hayratda emasman, balki butunlay lol qoldim. Yana bir bor isbotlandiki, kadrlar bo'yicha qabul qilingan qarorlar hamma narsani hal qiladi.
Bunday muhim lavozimga layoqatsiz inson tayinlansa, natija kundek ravshan bo'ladi», — dedi prezident.
Ma'lumot o'rnida, Janubiy Koreya o'z guruhida 3-o'rinni egalladi, ammo 3-o'rinni olgan eng yaxshi jamoalar qatoriga kira olmagani uchun pley-off yo'llanmasidan mahrum bo'ldi.
Shundan so'ng Li Je Myon «Madaniyat, sport va turizm vazirligi»ga ushbu muvaffaqiyatsizlik sabablari har tomonlama o'rganish, chuqur tahlil qilish hamda kelajakda bunday holatlar takrorlanmasligi uchun tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish bo'yicha topshiriq berdi.