«Barselona» Angliya milliy jamoasi sardori Harri Keynni o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini o'rganmoqda. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Kataloniya klubi vakillari ehtimoliy transferni muhokama qilish maqsadida hujumchining vakillari bilan bog'langan.
Qayd etish lozim, Keynning «Bavariya» bilan shartnomasi yana bir yil amal qiladi. Futbolchi Germaniyada o'zini baxtli his qilmoqda va hozirda asosiy e'tiborini Myunxen klubi bilan shartnomani uzaytirishga qaratgan.
Shu bilan birga, «Barselona» jamoasi transfer shartlari yanada qulaylashsa, 2026 yilgi jahon chempionati yakunlanganidan keyin vaziyatni yana bir bor muhokama qilishga tayyor. Avvalroq Keyn faoliyatidagi ikkinchi «Oltin butsa»sini qo'lga kiritgani ma'lum qilingan edi.