"Bavariya" Konrad Laymer bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishuvga erishdi.
29 yoshli himoyachi myunxenliklar bilan 2029 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzolaydi. Bu haqda Sky Sport jurnalisti Florian Plettenberg xabar berdi. Klub yaqin vaqt ichida buni rasmiy e'lon qilishi kutilmoqda.
Avstriyalik futbolchining yillik maoshi bonuslar bilan birga 10 million yevrodan ortiqni tashkil etadi.
Laymer o'tgan mavsumda Bundesligada 29 ta bahsda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma amalga oshirdi.
"Bavariya" Laymer bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishuvga erishdi
Futbol
28 iyun, 12:45
Klub tez orada rasmiy e'lon qiladi.
Foto: Getty Images