Live
1
O'zbek

Diabi “Bayer”ga qaytdi

Futbol
1 sentabr, 11:09
27 yoshli vinger Saudiyani tark etib, yana top-5 ligada oʻynaydigan boʻldi.
Diabi “Bayer”ga qaytdi
Foto: Bayer 04

Musa Diabi “Bayer”ga qaytdi.

Germaniya klubi “Al Ittihod” vingerining transferi amalga oshirilganini eʼlon qildi. Tomonlar 2031 yil 30 iyunga qadar moʻljallangan shartnoma imzoladi.

Musa 2019 yildan 2023 yilgacha “Bayer”da ham toʻp tepgan.

Avvalroq transfer qiymati 30 million yevrodan biroz kamroq boʻlishi xabar qilingandi.

Fransiyalik 27 yoshli futbolchi oʻtgan mavsumda Saudiya Arabistoni chempionatida 31 ta oʻyinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va yana 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bayer Bayer
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar