Bugun
15
O'zbek

Enso Fernandes: «Leo, sensiz o‘tadigan jamoaning keyingi yig‘inini tasavvur qilish ham qiyin»

Futbol
1 sentabr, 10:15
Yarimhimoyachi Messiga murojaat qildi.
Enso Fernandes: «Leo, sensiz o‘tadigan jamoaning keyingi yig‘inini tasavvur qilish ham qiyin»
Foto: Gettyimages

Argentinalik yarimhimoyachi Enso Fernandes hamyurti Lionel Messining milliy jamoadagi faoliyatini yakunlash borasidagi qaroriga munosabat bildirdi. 39 yoshli forvard bu haqda 31-avgust kuni ma’lum qildi.

«Leo, ketayotganingni bilib, to‘g‘risi, xafa bo‘ldim. Bolaligimda men Argentina-milliy jamoasi darajasigacha yetib borishni va sen bilan birga, yelkama-yelka o‘ynashni orzu qilardim.

Endi, sensiz, jamoaning keyingi yig‘inini tasavvur qilish ham qiyin. Biz maydonga tushamiz va 10-raqamli futbolkada seni ko‘rmaymiz», - deb yozdi futbolchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, Messi Argentina-milliy jamoasi safida JCH-2022-va-ikki bor Amerika Kubogida zafar quchgan.

Bugungi yangiliklar