Shvetsiya milliy jamoasi JCH-2026 pley-off bosqichi oldidan muhim yo‘qotishga uchradi.
«Atalanta» himoyachisi Isak Xiyen jarohat olgani sabab 1/16 finalda Fransiyaga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi.
Ma'lum qilinishicha, futbolchining jarohati jiddiy emas. Biroq to‘liq tiklanishi uchun davolanish va kamida bir haftalik dam olish talab etiladi. Shu bois u Shvetsiyaning navbatdagi uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.
Eslatib o‘tamiz, Shvetsiya JCH-2026 guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endi skandinaviyaliklar 1/16 finalda musobaqa favoritlaridan biri bo‘lgan Fransiya bilan kuch sinashadi.
Ma'lumot uchun, Shvetsiya Jahon chempionatida hali hech qachon g‘olib bo‘lmagan. Jamoaning eng yaxshi natijasi 1958 yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda shvedlar finalgacha yetib borgan edi.