"Atletiko" hujumchisi Xulian Alvares klubni tark etish arafasida turibdi. Bu haqida Diario SPORT xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, "matraschilar" bosh murabbiyi Diego Simeone Alvaresning klubdan ketish istagini ochiqchasiga bildirganidan keyin uni jamoada ko'rishni istamayapti. Mutaxassis "Atletiko" uchun bor kuchini sarflashga tayyor bo'lmagan futbolchining tarkibda qolishini xohlamaydi.
Qayd etilishicha, Simeonenin pozitsiyasi qat'iy. U Alvaresni qolishga ko'ndirish uchun vaqt va kuch sarflash niyatida emas.