Live
1
O'zbek

Haverts: «Agar musobaqani erta tark etsang, demak, unda qolishga loyiq bo'lmagansan»

Futbol
29 iyun, 20:45
Germaniya futbolchisi Paragvayga qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Haverts: «Agar musobaqani erta tark etsang, demak, unda qolishga loyiq bo'lmagansan»
Foto: Bleacher Report Football
29.06.2026 AP Jahon chempionati (JCH-2026) Germaniya Germaniya (3) 1 : 1 (4) Paragvay Paragvay

Germaniya milliy jamoasi futbolchisi Kay Haverts 2026 yildagi jahon chempionati 1/16 final bosqichidagi Paragvayga qarshi bahs (1:1, pen.ser 3:4)dan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Bu haqda nima deyish mumkin? Bu mening ikkinchi jahon chempionatim va biz ikkinchi marta ketma-ket keyingi bosqichga chiqa olmadik. Buning uchun uzr so'ramoqchiman.

Barchamiz juda xafamiz, chunki bu jahon chempionati uchun rejalarimiz katta edi. Yana muxlislarning umidini oqlay olmaganimiz juda og'ir. Jamoa bor kuchini ishga soldi.

Bizning bitta golimiz bekor qilindi. Raqib juda kuchli edi, vaziyatlar yaratish va o'yin sur'atini ushlab turish qiyin kechdi. Paragvay himoyada juda chuqur joylashdi, bu esa uzoq vaqt yuqori tempda o'ynashni qiyinlashtirdi.

Biz o'yinni qanotlarga ko'chirishga harakat qildik, ammo, afsuski, bu kutilgan samarani bermadi. Menimcha, bu safar g'alabaga loyiq emasdik.

Raqibga ko'p imkoniyat berdik deb o'ylamayman. Biz to'pni nazorat qildik, ayniqsa hisobni tenglashtirganimizdan keyin o'zimizga bo'lgan ishonch ortgandi. Barchasi penaltilar seriyasiga borib taqaldi. Men zarbamni aniq ijro eta olmaganim uchun bu oson bo'lmadi. Bu yerda imkoniyatlar 50 ga 50 edi.

Jahon chempionatida har bir o'yinga o'zingni to'liq qurbon qilishing kerak. Menimcha, biz yomon futbol ko'rsatmadik, ammo har safar nimadir yetishmadi.

Bugun ham xuddi shu holat takrorlandi. Biz futbolchilar sifatida o'zimizga tanqidiy nazar tashlab, nimani yaxshilashimiz mumkinligini anglab olishimiz kerak.

Biz buyuk futbol mamlakati sharafini himoya qilamiz. Agar musobaqani erta tark etsang, demak, unda qolishga loyiq bo'lmagansan», — dedi «Arsenal» futbolchisi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Germaniya Germaniya
  • Paragvay Paragvay
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar