Live
1
O'zbek

"Manchester Yunayted" Mauntni sotmoqchi emas

Futbol
29 iyun, 13:56
Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar mo'ljallangan.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"Manchester Yunayted" Mauntni sotmoqchi emas
Фото: Getty Images

"Manchester Yunayted" yarimhimoyachi Meyson Maunt bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti. Bu haqda jurnalisti Kris Uiler ma'lum qildi.

Avvalroq Mauntga "Milan" jiddiy qiziqish bildirilayotgani xabar qilingan edi.

Biroq "Manchester Yunayted" rahbariyati 26 yoshli futbolchini jamoada olib qolish niyatida.

O'tgan mavsumda Maunt barcha turnirlarda 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar