"Monza" klubi bosh murabbiy sifatida Ivan Yurichni rasmiy e'lon qildi.
Qayd etilishicha, 50 yoshli mutaxassis ushbu lavozimda Paolo Biankoning o'rnini egalladi.
Keyingi mavsumda "Monza" Italiya A Seriyasida ishtirok etadi. Jamoa V Seriyada o'tkazilgan bir mavsumdan so'ng yana yuqori divizionga qaytishga muvaffaq bo'ldi.
Ma'lumot uchun, Yurich bundan avval "Atalanta" klubini boshqargan edi. U Bergamo jamoasi boshqaruvida olti oy davomida faoliyat yuritib, ushbu vaqt ichida atigi 15 ta o'yin o'tkazishga ulgurgan (4 ta g'alaba, 8 ta durang va 3 ta mag'lubiyat).