Live
1
O'zbek

JCH-2026da sensatsiya. Germaniya Paragvayga penaltilar seriyasida yutqazib, turnirni tark etdi

Futbol
29 iyun, 19:35
«Nemis mashinasi» mundiallarda ilk bor «lotereya»da mag‘lubiyatga uchradi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
JCH-2026da sensatsiya. Germaniya Paragvayga penaltilar seriyasida yutqazib, turnirni tark etdi
Foto: Getty Images
29.06.2026 AP Jahon chempionati (JCH-2026) Germaniya Germaniya (3) 1 : 1 (4) Paragvay Paragvay

Jahon chempionatida 1/16 final bosqichining uchinchi juftligida Germaniya va Paragvay o‘zaro to‘qnash keldi.

Bellashuvning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida g‘olib aniqlanmadi. Penaltilar seriyasida esa Lotin Amerikasi vakillari ustun keldi. Nagelsmann jamoasidan Havertz, Voltemade va Ta 11 metrlik nuqtadan gol urolmadi.

Etiborli, «nemis mashinasi» mundiallarda ilk bor «lotereya»da yutqazdi.

Paragvay 1/8 finalda Fransiya — Shvetsiya juftligi g‘olibi bilan o‘ynaydi.

JCH-2026. 1/16 final
Germaniya — Paragvay 1:1
Penaltilar seriyasi — 3:4.

29 iyun, Foksboro.
Gollar: Havertz (54) — Ensiso (42).
Germaniya — Noyer, Kimmix, Ryudiger (Tiav, 110), Ta, Braun, Nmecha (Goretzka, 46), Pavlovich (Anton, 79), Sane (Voltemade, 88), Undav (Musiala, 63), Virtz (Amiri, 110), Havertz.
Paragvay — Gill, Kaseres (Oxeda, 99), Gomes, Kanale, Alonso (Balbuena, 120+2), Kubas, Almiron (Velaskez, 91), Bobadilya (Sanabria, 99), Galarza, Ensiso (Maurisio, 57), Avalos (Kaballero, 55).
Ogohlantirishlar: Kubas (65), Havertz (106), Musiala (115), Galarza (117).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Germaniya Germaniya
  • Paragvay Paragvay
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar