"Chelsi" himoyachi Marko Palestraning transferini e'lon qildi.
Qayd etilishicha, "ko'klar" italiyalik 21 yoshli futbolchi bilan 2032 yilning yoziga qadar bitim imzolagan. Tomonlar kelishuvni yana bir yilga uzaytirishlari mumkin.
Ma'lumot uchun, "Atalanta" esa Palestraning transferidan 55 million yevro ishlab oldi.
Marko o'tgan mavsumni "Kalyari"da ijaraga asosida to'p tepgandi. Bu klub safida u 37 ta o'yinda maydonga tushgandi.
Avvalroq "Inter" Palestraning transferi uchun 50 million yevro taklif qilgandi. Ammo bergamoliklar ushbu taklifni rad etgandi.