Bugun
6
O'zbek

Ibrohimovich JCH-2026da eng yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgan jamoani aytdi

Futbol
1 iyul, 10:23
Meksika Ekvadorni yengib, nimchorak finalga chiqdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Ibrohimovich JCH-2026da eng yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgan jamoani aytdi
Фото: Getty Images

Shvetsiya futbolining afsonaviy sobiq futbolchisi Zlatan Ibrohimovich Meksika milliy jamoasi haqida iliq fikrlarni aytdi.

Uning aytishicha, meksikaliklar hozirgi paytgacha jahon chempionatida barcha jamoalar orasida eng yaxshi futbol namoyish etdi.

«Ular ham hujumda, ham himoyada yuqori intensivlikda o‘ynashmoqda. Birinchi daqiqalardan boshlab o‘yinda kim asosiy ekanini ko‘rsatishdi, ikkita gol urishdi, ikkinchi bo‘limda ularga biroz sur’atni pasaytirish kerak edi va ular g‘alaba qozonishdi. Meksika turnirda hozirgacha eng yaxshi o‘yinni ko‘rsatdi», — deya Ibrohimovichning so‘zlaridan keltiradi Fox Sports nashri.

Eslatib o‘tamiz, Meksika Ekvadorni yengib, nimchorak finalga chiqdi. Endilikda ular Angliya va Kongo DR bellashuvi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.

Bugungi yangiliklar