"Roma" hujumchisi Paulo Dibala jamoada qoladi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, argentinalik 33 yoshli futbolchi "bo'rilar" bilan yangi bitim imzolaydi. Hozirda tomonlar muzokaralarni yakuniy bosqichida turibdi.
Futbolchining amaldagi bitimi yakuniga yetdi. Shunga qaramay, tomonlar yangi bitim imzolash bo'yicha hech qanday xavotirga ega emas.
Avvalroq Dibala "Roma"da qolish uchun maoshini kamaytirishga ham rozi bo'lganligi xabar qilingandi.
Eslatib o'tamiz, Dibala 2022 yildan buyon "Roma" sharafini himoya qilib kelmoqda. U klub safida umumiy hisobda 140 ta o'yinda maydonga tushib, 45 ta gol urdi va sheriklariga 30 ta golli uzatmani amalga oshirdi.