Live
2
O'zbek

Laporta: «Real»da aniq yo‘nalish yo‘q, «Barselona» esa yanada jips jamoaga aylangan»

Futbol
1 iyul, 12:51
«Barselona» prezidenti Madrid klubini tanqid qilib, Hansi Flik jamoasini alohida e'tirof etdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Laporta: «Real»da aniq yo‘nalish yo‘q, «Barselona» esa yanada jips jamoaga aylangan»
Foto: Getty Images

«Barselona» prezidenti Joan Laporta «Real»dagi vaziyat haqida fikr bildirib, Madrid klubi sportdagi muvaffaqiyatlar sabab bosim ostida qolayotganini ta'kidladi.

«Boshqa tomonda ular juda asabiy. Kulgili matbuot anjumanlarini o‘tkazishyapti, ularda aniq yo‘nalish yo‘q. Go‘yoki ular yana o‘sha holatni boshdan kechirishayotgandek.

Biz esa yanada jips jamoaga egamiz. Hansi Flik esa mana shu ajoyib futbolchilarga boshchilik qilmoqda», — dedi Laporta.

Eslatib o‘tamiz, Joan Laporta 2026 yilgi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonib, «Barselona» prezidenti lavozimiga qayta saylangan.

Ma'lumot uchun, Hansi Flik boshqaruvidagi «Barselona» so‘nggi mavsumda Ispaniya futbolidagi asosiy sovrinlar uchun kurash olib bordi va klub rahbariyati germaniyalik mutaxassis faoliyatidan mamnunligini bir necha bor ta'kidlagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar