Bugun
6
O'zbek

«Barselona» Kristensen bilan shartnomani uzaytirdi

Futbol
1 iyul, 04:51
Andreas 2022 yildan buyon «Barselona» sharafini himoya qilib kelmoqda.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
«Barselona» Kristensen bilan shartnomani uzaytirdi
Фото: Getty Images

«Barselona» klubi himoyachi Andreas Kristensen jamoa bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda «ko'k-anorranglilar» matbuot xizmati rasmiy ravishda ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, daniyalik 30 yoshli futbolchi 2028 yilning yoziga qadar Kataloniya klubida qoladi. Uning avvalgi bitimi 30 iyun kuni nihoyasiga yetgandi.

Ma'lumot uchun, Andreas 2022 yildan buyon «Barselona» sharafini himoya qilib kelmoqda.

O'tgan mavsumda barcha turnirlarda bor-yo'g'i 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga bitta gol yozdirib qo'ydi. Umumiy hisobda esa tajribali himoyachi kataloniyaliklar libosida 98 ta bahsda qatnashib, 5 ta gol va 3 ta assist muallifiga aylangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar