Bugun
6
O'zbek

Behruz Karimov: "Top-5 chempionatlaridan takliflar bor. Biz ularni o'rganib chiqib, bir qarorga kelamiz"

Futbol
1 iyul, 05:25
Karimov OAV xodimlari bilan suhbatlashdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Behruz Karimov: "Top-5 chempionatlaridan takliflar bor. Biz ularni o'rganib chiqib, bir qarorga kelamiz"
Фото: Getty Images

O'zbekiston milliy jamoasi jahon chempionatidagi ishtirokini yakunlab, yurtimizga qaytib keldi. Kutish olish marosimida milliy jamoa a'zosi Behruz Karimov OAV xodimlari bilan suhbatlashdi.

«Jahon chempionati biz uchun muhim turnir bo'ldi. O'z darajamizni bilib oldik. Bundan keyingi turnirlarda yanada yaxshiroq qatnashib, munosib o'rinlarni olishga harakat qilamiz. Bizga AQSh ishongan muxlislari va prezidentimizga rahmat aytamiz.

Hozircha top-5 chempionatlari va boshqa ligalardan qiziqish bor. Biz ularni o'rganib chiqib, bir qarorga kelamiz. Orzuim – "Real"da to'p tepish. Biroq unga hozir to'g'ridan to'g'ri borib bo'lmaydi. Boshqa ligadalarda o'ynab, bunga erishmoqchiman», — dedi Karimov.

Bugungi yangiliklar