"Arsenal" darvozaboni Kepa Arrisabalaganing londonliklar safidagi kelajagi so'roq ostida turibdi. Bu haqida insayder Luka Bendoni xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, ispaniyalik 31 yoshli posbon klubini o'zgartirishga tayyor va asosiy darvozabon bo'la oladigan jamoadan tushadigan takliflarni ko'rib chiqmoqda.
Ma'lumot uchun, yakunlangan mavsumda Arrisabalaga "to'pchilar" safida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z darvozasidan 12 ta to'p olib chiqdi. U 4 ta o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Transfermarkt portali futbolchini 5 million yevroga baholamoqda.