Bugun
3
O'zbek

Shomurodovning goli JCH–2026 guruh bosqichidagi eng chiroyli deb topildi

Futbol
30 iyun, 14:35
U Kongo DR darvozasini ishgʻol qilgandi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Shomurodovning goli JCH–2026 guruh bosqichidagi eng chiroyli deb topildi
Фото: Getty Images

Oʻzbekiston milliy jamoasi sardori Eldor Shomurodovning Kongo DR darvozasiga urgani gol eng chiroyli deb topildi.

31 yoshli forvard oʻyinning 10-daqiqasida jarima maydoniga oshirilgan toʻpga yetib borib, oʻtkir burchak ostida turganiga qaramay, toʻpni parashyut uslubida raqib darvozaboni ustidan oshirib tashlagan va hisobni ochgan edi.

FIFA bu vaziyatga shunday baho berdi: «Santimetrigacha aniq hisoblangan va mukammal ijro etilgan bu gol Oʻzbekistonning jahon chempionatidagi debyutining eng yorqin lahzasi boʻldi».

Eʼtiborliysi, Shomurodovning goli ovoz berishda jahon futboli yulduzlari — Lionel Messi, Kilian Mbappe va Vinisius Juniorning gollarini ham ortda qoldirdi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston milliy jamoasi guruhda 4-oʻrinni egalladi va turnirni tark etdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
Bugungi yangiliklar