Bugun
3
O'zbek

Lempard "Koventri" bilan shartnomani uzaytirdi

Futbol
30 iyun, 14:45
Yangi kelishuv 2029 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Lempard "Koventri" bilan shartnomani uzaytirdi
Фото: Getty Images

Angliya Premer-ligasining yangi ishtirokchisi "Koventri" bosh murabbiy Frank Lempard bilan shartnomani uzaytirdi.

Klub matbuot xizmati ma'lum qilishicha, mutaxassis bilan imzolangan yangi kelishuv 2029 yilga qadar amal qiladi.

"Frankning jamoa bilan yangi shartnoma imzolaganidan juda xursandman. U 2024 yil noyabr oyida kelganidan buyon klubimiz uning rahbarligida ulkan o'sish yo'lini bosib o'tdi.

O'tgan mavsum Championshipda qo'lga kiritilgan chempionlikdan keyin uning bizni butun bir avlod uchun ilk marta Premer-ligadagi mavsumga olib kirayotgani mutlaqo qonuniy natijadir", — dedi "Koventri" klubi egasi Dug King.

Bugungi yangiliklar