Bugun
3
O'zbek

Madueke Bellinghem haqida: "U ko‘rsatayotgan narsalar hech kimni hayratda qoldirmasligi kerak"

Futbol
30 iyun, 12:20
Angliya milliy jamoasi vingeri jamoadoshining o‘yiniga yuqori baho berdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Madueke Bellinghem haqida: "U ko‘rsatayotgan narsalar hech kimni hayratda qoldirmasligi kerak"
Foto: Getty Images

Angliya milliy jamoasi vingeri Noni Madueke jamoadoshi Jud Bellinghemning o‘yiniga yuqori baho berdi.

Guruh bosqichida Jud ikki bor FIFA tomonidan beriladigan o‘yinning eng yaxshi futbolchisi uchun atalgan sovringa sazovor bo‘ldi.

«U jahon darajasidagi futbolchi, deb hisoblayman. Har safar unga qararkanman, o‘sha-o‘sha bir xil futbolchini ko‘raman. Oxirgi o‘yinlarda u amalga oshirayotgan ishlar hech kimni hayratga solishi kerak emas - u buni bir necha yillardan buyon bajarib keladi. Uning bunday o‘yini men uchun mutlaqo normal holat», - deya Madeuke so‘zlaridan iqtibos keltirdi ESPN.

Eslatib o‘tamiz, Angliya 1 iyun knui 1/16 final doirasida Kongo DRga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
Bugungi yangiliklar