Bugun
6
O'zbek

Flik Kimmixni «Barselona»ga o‘tishga ko‘ndirmoqchi

Futbol
1 iyul, 03:00
Germaniyalik mutaxassis sobiq shogirdini Ispaniyada ko‘rmoqchi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Flik Kimmixni «Barselona»ga o‘tishga ko‘ndirmoqchi
Foto: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi va Germaniya milliy jamoasi yetakchisi Yozua Kimmix shu yoz jamoadan ketishga qarshi emas.

Avvalroq futbolchi o‘zini boshqa chempionatda sinab ko‘rmoqchi ekanligi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Kataloniyaning «Barselona» klubi ushbu transferni amalga oshirishi mumkin. Aniqrog‘i «ko‘k-anorranglilar» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik xavbekka shaxsan qo‘ng‘iroq qilib, uni Kataloniya klubiga o‘tishga ko‘ndirmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Flik avval ham Germaniya milliy jamoasi va «Bavariya» klubida Kimmix bilan birga ishlagan. Endi esa uni Ispaniyaga chorlamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar