Bugun
6
O'zbek

Silva: «Real» haqidagi savollarga javob bermayman»

Futbol
1 iyul, 01:20
Portugaliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Madrid klubiga o‘tgani haqida gapirishni istamadi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Silva: «Real» haqidagi savollarga javob bermayman»
Foto: Getty Images
02.07.2026, 19:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya - : - Xorvatiya Xorvatiya

Portugaliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Bernardu Silva Madridning «Real» klubiga transferi haqidagi savolga javob berishni istamadi.

31 yoshli futbolchi erkin agent sifatida «qaymoqranglilar» safiga borib qo‘shiladi.

«Men «Real» haqidagi savollarga javob bermayman, sababi hozir milliy jamoa safida muhim vazifalarni bajaryapman. Ayni damda bor e’tiborim jahon chempionatiga qaratilgan. Albatta, bu transfer amalga oshganidan juda ham xursandman, ammo yaqin haftalarda milliy jamoaga yordam berishni maqsad qilganman», – deya Silva so‘zlaridan iqtibos keltirdi Madrid Universal.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya milliy jamoasi 3 iyul kuni JCH-2026 1/16 finalida Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Xorvatiya Xorvatiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar