Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Didiye Desham jahon chempionati 1/16 final doirasida Shvetsiya ustidan qozonilgan g‘alaba (3:0)dan keyin taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Biz bu yerga aniq vazifa bilan kelganmiz. Va men uni jamoa bilan baham ko‘raman. Faxrlanishimiz uchun sabab bor, ammo oldinda bizni uzoq yo‘l kutmoqda. Bu bosqichdan ishonchli tarzda o‘tdik, vaholanki yanada ko‘proq vaziyatlarimizdan foydalanishimiz mumkin edi. Endi tiklanish va to‘rt kundan keyin yana o‘zimizning eng yaxshi futbolni namoyish qilishimiz kerak. Juda uzoqqa qarashdan ma’no yo‘q - reallik seni tezda yerga tushirib qo‘yishi hech gap emas. Bizda iqtidorli jamoa bor, ammo buni har o‘yin isbotlashimiz zarur, - dedi Desham o‘yindan keyin.
Eslatib o‘tamiz, 1/16 final bosqichida Fransiya Shvetsiyani yirik 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Keyingi bosqichda Desham jamoasi Paragvayga qarshi maydonga tushadi.