Bugun
6
O'zbek

«Bavariya»ning sobiq o‘yinchisi: «Asosiy muammo murabbiyda»

Futbol
30 iyun, 23:52
Ditmar Hamann milliy jamoaning muvaffaqiyatsizligi butunlay jamoa bosh murabbiyining zimmasida deb hisoblamoqda.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
«Bavariya»ning sobiq o‘yinchisi: «Asosiy muammo murabbiyda»
Foto: Getty Images

O‘tmishda Myunxenning «Bavariya» jamoasida o‘ynagan Ditmar Hamann Germaniya milliy jamoasining 2026 yilgi jahon chempionatidagi omadsizligida bosh murabbiy Yulian Nagelsmanni aybdor deb hisoblamoqda.

Mutaxassisning fikricha, 38 yoshli murabbiy raqiblarni yetarlicha faol o‘rganmaydi, shuningdek, milliy jamoaga jalb qilish mumkin bo‘lgan nomzodlardan unchalik xabardor emas.

«Asosiy muammo murabbiyda. Bu yigit kamdan kam holatlarda o‘yinlarni ko‘radi. Ehtimol, oyiga bir yoki ikki Bundesliga o‘yinini ko‘radi. Yanvar oyida Afrika Kubogi bo‘lib o‘tdi va u Kot-d’Ivuar yoki boshqa ehtimoliy raqiblarni kuzatish imkoniga ega edi. U bormadi», - dedi Hamann RTE Sport efirida.

Eslatib o‘tamiz, nemislar mundialning 1/16 finalida Paragvayga yutqazib qo‘ydi. Asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarda durang (1:1) qayd etilgach, penaltilar seriyasida omad paragvayliklarga kulib boqdi (4:3).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar