Niderlandiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman iste'foga chiqishga qaror qildi. Bu haqda 63 yoshli mutaxassis o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida rasmiy ma'lum qildi.
Kumanning ushbu qaroriga jahon chempionati 1/16 finalida Marokashga mag'lub bo'lgani sabab bo'ldi.
«Milliy jamoamdagi faoliyatim bunday tarzda yakunlanayotgani juda alamli. Barchamiz tarixga kira oladigan jahon chempionatini orzu qilgan edik. Ammo bu sodir bo'lmadi. Bundanam mendan ko'proq hafsalasi pir bo'lgan hech kim yo'q. Bosh murabbiy sifatida barcha mas'uliyatni o'z zimamga olaman», — deb yozdi Kuman.
Ma'lumot uchun, Ronald Kuman Niderlandiya jamoasini 2023 yil yanvaridan buyon boshqarib kelayotgan edi.