Live
1
O'zbek

Mbappe Messi bilan JCH-2026da «Oltin butsa» uchun kurash haqida gapirdi

Futbol
30 iyun, 21:28
Fransiya milliy jamoasi forvardi mundialdagi to‘purarlar poygasi haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Mbappe Messi bilan JCH-2026da «Oltin butsa» uchun kurash haqida gapirdi
Foto: Getty Images

Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe jahon chempionati-2026dagi to‘purarlik poygasi haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Uch ranglilar» sardori 1/16 final bosqichida Shvetsiyaga qarshi o‘yinda (3:0) dubl rasmiylashtirdi. Endi «Real Madrid» hujumchisi argentinalik Lionel Messi bilan birga musobaqa to‘purarlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni bo‘lishmoqda – ikkalasida ham 6 tadan gol bor.

«Men Messining o‘yinini kuzatmayman. U gol urgan, gol uraveradi va bu ishni amalga oshirishda davom etadi. Men bu haqda oldin ham aytgandim. U bilan raqobatlashish uchun o‘zimni yanada yaxshiroq ko‘rsatishim kerak», – deya Mbappening so‘zlaridan iqtibos keltirdi The Touchline.

Argentina milliy jamoasi JCH-2026 1/16 finalida Kabo-Verde bilan o‘ynaydi – bahs 4 iyul (Toshkent vaqti bilan 03:00)da bo‘lib o‘tadi.

Fransiyaliklarning 1/8 final bosqichidagi raqibi esa Paragvay milliy jamoasi bo‘ladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar