Bugun
6
O'zbek

Slot Niderlandiya milliy jamosini boshqarish uchun asosiy da'vogar – manba

Futbol
1 iyul, 04:44
Kuman iste'foga chiqishini e'lon qilgandi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Slot Niderlandiya milliy jamosini boshqarish uchun asosiy da'vogar – manba
Фото: Getty Images

«Liverpul»ning sobiq bosh murabbiyi Arne Slot Niderlandiya milliy jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga nomzodlardan biri hisoblanadi. Bu haqda The Touchline nashri xabar berdi.

Manba xabariga ko'ra, Niderlandiya Qirollik futbol ittifoqi ehtimoliy nomzodlar bilan dastlabki aloqalarni o'rnatgan.

Avvalgi murabbiy Ronald Kuman shartnoma muddati tugagach lavozimini tark etadi. Bunga «apelsinlar» 1/16 finalda Marokashga yutqazib qo'ygani sabab bo'ldi.

Slot mersisaydliklarni tark etganidan beri ishsiz va u takliflarni ko'rib chiqmoqda. Murabbiy «qizillar» Angliya Premer-ligasida chempionlikni qo'lga kiritgan edi.

Bugungi yangiliklar