«Bavariya» klubi yarim himoyachi Ismoil Saybarining transferini e'lon qildi.
Marokashlik 25 yoshli futbolchi Myunxen klubi bilan 2031 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.
PSV klubi ushbu transferdan 55 million yevro ishlab oldi. Shuningdek, kelishuvga qo'shimcha bonuslar ham qo'shiladi.
Ismoil yangi jamoasida 34-raqamda to'p tepadi. Futbolchi jahon chempionatidan so'ng «Bavariya» safiga borib qo'shiladi.
O'tgan mavsumda Saybari Niderlandiya chempionatining 27 ta o'yinida 15 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.