«Arsenal» himoyachisi Vilyam Saliba Yevropaning top-klublari e'tiborida qolmoqda.
Jurnalist Ekrem Konurning xabariga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi uchun kurashga «Barselona» ham qo‘shilgan. Kataloniyaliklar avvalroq Salibaga qiziqish bildirgan «Real» va «PSJ» safiga qo‘shildi.
Biroq «Arsenal» o‘zining yetakchi himoyachisi bilan xayrlashishni istamayapti. Manbaga ko‘ra, London klubi Salibani 150 million yevrodan kam mablag‘ evaziga sotishga rozi bo‘lmaydi.
2019 yilda «Sent-Eten»dan «Arsenal»ga 30 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan Salibaning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, Vilyam Saliba 2025/26 yilgi mavsumda «Arsenal» safida barcha musobaqalarda 50 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Ma'lumot uchun, Saliba so‘nggi mavsumlarda «Arsenal»ning asosiy himoyachilaridan biri sifatida e'tirof etilib, Yevropaning bir qator grand klublari qiziqish doirasiga tushgan.