Bugun
6
O'zbek

Klopp – Germaniya milliy jamoasini boshqarishga tayyor (Romano)

Futbol
1 iyul, 09:40
Yurgen murabbiylik faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Klopp – Germaniya milliy jamoasini boshqarishga tayyor (Romano)
Фото: Getty Images

«Borussiya D» va «Liverpul»ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp Germaniya milliy jamoasini boshqarishga tayyor. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, murabbiylik faoliyatida tanaffus qilgan Klopp mamlakat milliy jamoasidan taklif bo'lsa, uni qabul qilishi mumkin.

O'z navbatida Yulian Nagelsmann Germaniya milliy jamoasidagi faoliyatini davom ettirish istayotganini aytib o'tgan.

Eslatib o'tamiz, nemislar JCH-2026ning 1/16 finalida Paragvayga yutqazib, turnirdagi ishtirokini yakunladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Germaniya Germaniya
Bugungi yangiliklar