Bugun
3
O'zbek

Manuel Noyer Germaniya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Futbol
30 iyun, 09:49
Afsonaviy darvozabon JCH-2026dan so‘ng xalqaro faoliyatini tugatishga qaror qildi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Manuel Noyer Germaniya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunladi
Foto: Getty Images
29.06.2026 AP Jahon chempionati (JCH-2026) Germaniya Germaniya (3) 1 : 1 (4) Paragvay Paragvay

Germaniya milliy jamoasi darvozaboni Manuel Noyer milliy jamoa safidagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

39 yoshli posbon JCH-2026 1/16 finalida Paragvayga qarshi bahsdagi mag‘lubiyatdan so‘ng xalqaro faoliyatini tugatishga qaror qildi.

«Barchasi aynan shunday yakun topayotganidan juda afsusdaman…», — dedi Noyer. Uning so‘zlarini jurnalist Fabritsio Romano keltirdi.

Germaniya JCH-2026 guruh bosqichida E guruhida 6 ochko jamg‘arib, birinchi o‘rinni egallagandi. «Bundestim» Kyurasaoni 7:1, Kot-d’Ivuarni 2:1 hisobida mag‘lub etgan, so‘nggi turda esa Ekvadorga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan. 1/16 finalda Paragvay bilan bahs penaltilar seriyasigacha yetib bordi va Germaniya musobaqani tark etdi.

Manuel Noyer 2009 yildan buyon Germaniya safida to‘p surdi. U milliy jamoa tarkibida jami 128 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 2014 yilda Jahon chempioni bo‘ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Germaniya Germaniya
  • Paragvay Paragvay
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar