Bu haqda «rossoneri» rasmiy saytida xabar berildi.
Portugaliya milliy jamoasi forvardi Gonsalu Ramush «Pari Sen-Jermen»dan «Milan» safiga kelib qo‘shildi.
Futbolchi Italiya klubi bilan 2031 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
O‘tgan mavsumda Gonsalu Ramush parijliklar safida 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma yetkazib berdi.
Transfermarkt portali hujumchining aktual transfer narxini 30 mln yevroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2025/2026-yilgi mavsumda «Milan» A Seriyada beshinchi o‘rinni egalladi.